AsosiyJamiyat

Vodiyda diniy faollarning tekshirilayotganligi holatiga munosabat bildirildi

'Vodiyda diniy faollarning tekshirilayotganligi holatiga munosabat bildirildi'ning rasmi

 

Internetning feysbuk ijtimoiy tarmog`ida “Farg`ona Namangan va Andijon viloyatlarida diniy faollarni arzimas sabab bilan ushlab telefonlarini tekshirishmoqda. Aeroport va vokzallar hamda chegara punktlarida xijob o`ragan va soqol qo`yganlar alohida rasmga olinib, shaxsiy ma`lumotlari daftarga qayd qilinmoqda” degan xabar tarqalgan. Ushbu holatga Farg`ona viloyati IIB munosabat bildirdi:

“Farg`onaviloyatida  yuqorida keltirilgan turli xil vajlar va holatlar yo`q. Farg`ona Xalqaro aeroporti orqali O`zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan fuqarolar tomonidan qonunga zid bo`lgan turli xil ko`rinishdagi, diniy mazmundagi, parnografiya, shafqatsizlikni targ`ib kiluvchi materiallar hamda giyohvandlik moddalarni olib  kelishlarni oldini olish uchun, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari qonunda ko`rsatilgan tartibda tekshiruv va profilaktik ishlar amalga oshirmoqdalar. 

Farg`ona viloyati Transportda XTB va Milliy Aviakompaniya kelishilgan holda Farg`ona Xalqaro Aeroportining kutish va kuzatish zallarida mavjud bo`lgan 6 ta tele va radio moslamalarda “Odam savdosiga qarshi kurashish”, “Noqonuniy diniy oqimlar girdobiga tushib qolmaslik”, samolyotda uchish qoidalariga to`liq rioya etilishi hamda turli xil ko`rinishdagi huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan videorolik va rodioeshittirishlar muntazam uzatilib borilishi yo`lga qo`yilgan.  Maskanda fuqarolar uchun xalqaro standartlarga  mos sharoit yaratilgan. Bunday  shart-sharoitlar  fuqarolarning minnatdorchiligiga sabab bo`lyapti.   Internet tarmog`larida tarqatilayotgan anonim xabarlarning aksariyatimamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, IIOlarida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarga soya solishga urunishdir. 

Hurmatli yurtdoshlar. Internet tarmoq va kanallarida tarqalayotgan salbiy munosabat va xabarlarga ishonib qolmang. Zero, yurtimizda amalga oshirilayotgan har bir islohot tag zamirida siz aziz hamyurtlarimizning tinchligi va osoyishtaligini ta`minlashdek ulkan maqsad mujassamlashgan”,— deyiladi rasmiy xabarda.

Boshqa yangiliklar