AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qasddan odam o`ldirish jinoyati 46,9 foizga kamaydi

'O`zbekistonda qasddan odam o`ldirish jinoyati 46,9 foizga kamaydi'ning rasmi

Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida jinoyatlar soni bo`yicha ma`lumot berildi. 

Unga ko`ra, respublika miqyosida o`tgan yilning shu davriga nisbatan jamoat joylarida sodir etilgan jinoyatlar soni 2.293 tadan 1582 taga yoki 31 foizga, shu jumladan qasddan odam o`ldirish 32 tadan 17 taga yoki 46,9 foizga, qasddan badanga og`ir shikast etkazish 226 tadan 176 taga yoki 22,1 foizga, o`g`rilik 881 tadan 556 taga yoki 36,9 foizga, talonchilik 131 tadan 96 taga yoki 26,7 foizga, bosqinchilik 26 tadan 15 taga yoki 42,3 foizga va bezorilik 467 tadan 339 taga yoki 27,4 foizga kamaydi.

Bu haqda IIV Axborot xizmati tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida “Jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta`minlash sohasidagi islohotlar hamda – “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi” mavzusida matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Hisobot davrida jami 3.282 ta jinoyatlar PPX saf bo`linmalari naryadlari ishtirokida, 471 tasi esa PPX xodimlari tomonidan bevosita fosh etildi, 1.220 ta jinoyatning oldi olindi, 586 nafar jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda bo`lgan va 131 nafar bedarak yo`qolgan shaxslar aniqlandi.

 

    Boshqa yangiliklar