AsosiyJamiyat

1 dekabrdan sport maktablari xodimlari va trenerlar maoshi oshiriladi

'1 dekabrdan sport maktablari xodimlari va trenerlar maoshi oshiriladi'ning rasmi

 

Bugun O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo`yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta`minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda O`zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori e`lon qilindi

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 dekabrdan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan trenerlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo`yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta`minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda uning filiallari bazasida har 5 yilda attestasiyadan o`tkaziladi.

Shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha sport maktablari hamda maktab-internatlari xodimlari mehnatiga haq to`lashning bazaviy tarif stavkalari 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

direktor va direktor o`rinbosarlariga – 1,35 baravarga;

trenerlar, instruktor-metodistlariga – 1,35 baravarga oshirildi.

    Boshqa yangiliklar