O`zbekiston 2019 yilning yanvar-oktyabr oylarida 2018 yilning shu davriga nisbatan oltin eksportini 2,6 baravarga oshirdi. Bu haqida Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot bermoqda.
2019 yil yanvar-oktyabr oylarida O`zbekiston 4,04 milliard dollarlik oltin eksport qildi.
Shu bilan birga, eksport tarkibida oltinning ulushi 27,3 foizni tashkil etdi.
Ta`kidlab o`tish joizki, so`nggi yillarda O`zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan va 2018 yilda 2,91 milliard dollardan ortiqroqni tashkil etdi.






