Tibbiyot buyumlarini mamlakatimizga yashirin yo`llar bilan olib kirishga bo`lgan urinishlar o`z vaqtida bartaraf etilmoqda. Jumladan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro Z.U.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona ko`rigidan o`tkazildi.
Natijada, ushbu shaxs deklarasiyada ko`rsatilmagan va bojxonachilarning og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan 1168 dona stomatologik vositalarni olib kelayotgani aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






