13 noyabr kuni soat 22:00larda Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi.
Termiz shahrida yashovchi V. M. o`z boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomashina «Termiz – Toshkent» M-39 yo`lining 1289-kilometrida qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelib chap tomonga burilayotgan fuqaro H.K. boshqaruvidagi «VAZ–2105» rusumli avtomashina o`rtasida to`qnashuv yuz bergan.
«Postda» nashri xabariga ko`ra, oqibatda «Kobalt» avtomashinasi yo`lovchilari – Afg`oniston Islom Respublikasi fuqarolari M.N. va S.P. tan jarohati olgan. Ular zudlik bilan shifoxonaga olib borilib, tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






