Tinch okeanidagi orolda joylashgan Samoa mamlakati aholisi uch haftadan beri qizamiq kasalligidan aziyat chekmoqda. Hozirgacha 6 nafar odam halok bo`ldi, deya xabar bermoqda tarjimon.uz. arabnyus.kom saytiga tayanib.
Sog`liqni saqlash xodimlarining ta`kidlashicha, vafot etganlarning aksariyati 2 yoshdan kichik bo`lgan. Jami bo`lib 716 kishida qizamiq kasalligi qayd etilgan, ularning 100 ga yaqini kasalxonaga yotqizilgan. Mamlakatda shanba kuni favqulodda holat e`lon qilingan.
Dushanbada esa, barcha maktablar yopildi. Bolalar ommaviy tadbirlarda yig`ilishi taqiqlandi va barcha fuqarolarning kasallikka qarshi emlanishi majburiy etib qo`yildi. Qizamiq kasalligi Samoa oroliga Yangi Zelandiyalik sayyoh orqali kirib kelgani taxmin qilinmoqda. 18 noyabr kuni Yangi Zelandiya Bosh vaziri Yakinda Ardern Samoaga 3000 ta vaksina, shuningdek, hamshiralar va tibbiy buyumlarni yuborayotganini aytdi. Shuningdek, Tonga, Fiji va Yangi Zelandiyada ham qizamiq tarqalgani haqida xabar berilgan. Ammo bu uch mamlakatdagi vaziyat Samoadagichalik jiddiy emas.






