Kam ta`minlangan oila bolalari uchun ilk bor bepul dasturlash kurslari tashkil etildi.
Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” ITSTEP kompyuter akademiyasi bilan hamkorlikda kam ta`minlangan oilalarga mansub bo`lgan bolalar uchun bepul IT kurslarni tashkil qilib, ularni samarali boshladi.
Ushbu kurslarda bolalar: web saytlar ishlab chiqish, o`yinlar yaratish, dasturlash kabi yo`nalishlarda bepul tahsil olish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
Loyihani amalga oshirishga tashabbus bildirgan ITSTEP kompyuter akademiyasi rahbariyati va mas`ul xodimlariga o`z minnatdorchiligimizni bildirib, ularning kelajak ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
19.11.2019 06:37
Kam ta`minlangan oila bolalari uchun ilk bor bepul dasturlash kurslari tashkil etildi






