AsosiyJamiyat

Andijon viloyatida noqonuniy qum-shag`al qazib oluvchi huquqbuzarlar aniqlandi

'Andijon viloyatida noqonuniy qum-shag`al qazib oluvchi huquqbuzarlar aniqlandi'ning rasmi

Paxtaobod tumanida o`tkazilgan tezkor nazorat tadbirida tuman hududidan oqib o`tuvchi Tentaksoy va Maylisoy daryo o`zanlaridan keng tarqalgan hamda foydali qazilma hisoblangan qum va shag`allarni noqonuniy ravishda qazib olib, tashib ketayotgan xuquqbuzarlar aniqlandi.

Tezkor tadbir Andijon viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan viloyat teleradiokompaniyasi hamda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Xuquqbuzarlarga nisbatan MJtKning tegishli bandlariga ko`ra bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida jarima qo`llanilib, 5 barobari undirib olindi. Hozirda qolgan qismini undirib olish choralari ko`rilmoqda, deya xabar beradi Davlat ekologiya qo`mitasi Axborot xizmati.

 

    Boshqa yangiliklar