AsosiyJamiyat

Itni yoqib yuborgan shaxs to`g`risidagi ma`lumot uchun 2 million so`m pul mukofoti beriladi

'Itni yoqib yuborgan shaxs to`g`risidagi ma`lumot uchun 2 million so`m pul mukofoti beriladi'ning rasmi

Yaqin kunlarda internet tarmog`ida noma`lum shaxs tomonidan voyaga etmagan bolaning ko`z o`ngida itning ustidan benzin quyib, so`ngra uni yoqib yuborganligi aks etgan video tarqaldi.

Hodisa oqibatida it qiynoqlarda jon bergan. Mazkur videoko`plab insonlarga qattiq ta`sir qilgan.

«Mehr va oqibat» hayvonlarni himoya qilish jamiyati Bahodir ismli shaxsni tanigan, uni biron-bir manzil ko`rganlardan +99897 4554112 raqami orqali xabar berishni so`ragan.

«Mehr va oqibat» hayvonlarni himoya qilish jamiyati erkakni topishda yordam bergan insonga ukning shaxsi tasdiqlangandan so`ng 2.000.000 so`m miqdorida pul mukofoti taqdim etishga va`da bergan.

U haqidagi ma`lumotlar ichki ishlar organlariga etkaziladi va u O`zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq ravishda javobgarlikka tortiladi.

“Bu kabi insonlar jamiyat uchun xavfli”, deb yozadi «Mehr va Oqibat» HHJ.

 

Boshqa yangiliklar