AsosiyJamiyat

Tamaki va alkogol sotishda cheklovlar yanada ko`payishi mumkin

'Tamaki va alkogol sotishda cheklovlar yanada ko`payishi mumkin'ning rasmi

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga O`zbekiston Respublikasining “O`zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonuni loyihasida joylashtirildi.

Loyihada, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizasiya qilishga doir cheklashlar belgilab qo`yildi. Bu haqda UzA ma`lum qildi.

Ushbu qonun loyihasiga ko`ra alkogol va tamaki mahsulotlarini:

• yigirma yoshga to`lmagan shaxslarga;

• yigirma yoshga to`lmagan shaxslar tomonidan;

• bolalar o`yinchoqlari, konfetlar yoki bolalar assortimentining boshqa tovarlariga o`xshatib ishlanganda;

• savdo avtomatlari orqali;

• Internet tarmog`i orqali;

• alkogol mahsuloti idishida yoki tamaki mahsuloti iste`mol o`rovida alkogol va tamaki mahsulotlarini iste`mol qilish inson sog`lig`iga salbiy ta`sir ko`rsatishi haqida tibbiy ogohlantirish bo`lmaganda;

• mulkchilik shakllaridan qat`i nazar sport, ta`lim, tibbiyot muassasalari va diniy muassasalarning hududida va xonalarida, shu jumladan, ta`lim muassasalari hududlari chegarasidan sun`iy va tabiiy to`siqlarni hisobga olmasdan to`g`ri chiziq bo`yicha ikki yuz metrdan kam radiusda joylashgan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida;

• ular texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo`lmasa;

• aksiz markalari bilan tamg`alanmagan holda (pivodan tashqari) yoki aksiz markalari qalbaki bo`lganda;

• ularning ishlab chiqaruvchisini aniqlash imkonini beradigan tarzda aniq tamg`alanmagan bo`lsa;

• donalab, qutisiz (o`rovsiz) — tamaki mahsulotiga nisbatan;

• ularni ishlab chiqarish uchun lisenziyaga ega bo`lmagan O`zbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan ishlab chiqarilgan bo`lsa;

• ularni etkazib berish huquqiga ega bo`lmagan yoki etkazib berishni qonun hujjatlarini buzgan holda amalga oshirgan mahsulot etkazib beruvchidan olingan bo`lsa, realizasiya qilish mumkin emas.

• Umumiy ovqatlanish korxonalarida, shu jumladan restoranlar, qahvaxonalar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, Internet tarmog`idan foydalanish xizmatlarini ko`rsatish uchun jihozlangan xonalar, yoki odamlar bo`ladigan boshqa ko`ngilochar (hordiq chiqarish) joylarida chilim uchun tamaki va chilim mahsuloti (xizmatlari)ni sotishga yo`l qo`yilmaydi.

• Chilim mahsuloti (xizmatlari)ni sotish qonun hujjatlariga muvofiq ixtisoslashtirilgan ob`ektlarda amalga oshiriladi.

• Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining peshtaxtalarida, boshqa savdo uskunalarida tamaki mahsuloti (uning namunalari)ni qo`yish va namoyish etishga yo`l qo`yilmaydi.

• Chakana savdo uchun taklif etiladigan tamaki mahsuloti haqidagi axborot, iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, sotuvchi tomonidan, sotiladigan tamaki mahsuloti ro`yxatini savdo zalida joylashtirish yo`li bilan xaridorlar e`tiboriga etkaziladi, bu ro`yxat oq fonda qora rangdagi bir xil o`lchamli harflarda yozilgan, alfavit tartibida tuzilgan bo`lib, sotiladigan tamaki mahsulotining narxi hech qanday grafik tasvirlar va fototasvirlarsiz ko`rsatiladi. Savdo ob`ektida tamaki mahsuloti xaridorga uning talabiga binoan, u sotiladigan tamaki mahsuloti ro`yxati bilan tanishtirilgandan keyin namoyish etilishi mumkin.

• Bevosita sotuv joyida tamaki mahsuloti iste`molchi ololmaydigan yopiq javonlarda saqlanadi. Yopiq javonlar konstruktiv jihatdan shunday ishlangan bo`lishi kerakki, ularni ochganda tamaki mahsuloti xaridorlarga ko`rinmasin.

• Alkogol va tamaki mahsulotlarini realizasiya qilish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa hollarda ham cheklanishi mumkin.

Boshqa yangiliklar