Avval xabar berganimizdek, kecha O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi hamda “Mening yurtim” (My5), “Sevimli” va “Milliy” telekanallari hamkorligida Media Hallda “Demokratik debat” bo`lib o`tdi.
Unda bir qator muhim savollarga javoblar berildi, shuningdek, joriy etilayotgan yangiliklar haqida ham ma`lumotlar berildi.
Xususan, jurnalist tomonidan palma yog`ining O`zbekistonga kirishini nega cheklanilmayotganligi haqida savol berildi.
Akmal Burxonov, Adolat SDP vakili:
—Ko`p davlalarda palma yog`i umuman ta`qiqlangan. Uni O`zbekistonga kiritmaslik uchun avvalo ishni nimadan boshlash kerak? Tushuntiraman. Afsuski, hatto, do`konlarimizda sotilayotgan muzqaymoq, margarin, saryog` kabi bir nechta maxsulotlardagi “markirovka”da ham palma yog`i mavjudligi ko`rsatilmaydi. Dastavval, mana shu mahsulotda palma yog`ining ishlatilayotganlik haqidagi ma`lumotning yozilishini qonuchilikda qat`iy belgilab qo`yishimiz lozim. Ya`ni har bir mahsulotda necha foiz qo`shilganligi aniq berilishi kerak. Birinchi qadam ana shundan boshlanadi. Keinchalik biz ham umuman ta`qiqlash darajasiga erishamiz.






