15.11.2019 yil soat 14:30 larda Do`stlik tumani, G`.G`ulomov mahallasida yashovchi R.R., turmush o`rtog`i U.R. hamda farzandi Sh.R. lar yashash xonadoni oshxonasida o`rnatilgan gaz plitasidan chiqqan is gazidan zaharlangan.
Oqibatda R.R. voqea joyida vafot etgan, U.R. hamda Sh.R. lar shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.






