O`t o`chirish, tez yordam va ichki ishlar organlari xizmat mashinalari chaqiruv bo`yicha ketayotgan vaqtda, ularning o`tib ketishiga xalaqit bergan haydovchilarga solinadigan jarima miqdorini oshirish rejalashtirilmoqda. Bu o`zgarish muhokama uchun e`lon qilingan «O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 128.5-moddasiga o`zgartish kiritish haqida»gi qonun loyihasida ko`zda tutilgan.
Qonun loyihasiga ko`ra, ushbu modda birinchi qismining sanksiyasidagi «besh» so`zi «o`n» so`zi bilan almashtiriladi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, transport vositalari haydovchilarining to`sqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining o`tib ketishiga xalaqit berishi — eng kam ish haqining (hozirda EKIH- 223 000 so`mni tashkil etadi. besh barvari 1 115 000 so`m bo`ladi)besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.
Qonun loyihasi qabul qilinsa, mazkur jarima miqdori eng kam ish haqining o`n baravari (2 230 000 so`m) miqdorida belgilanadi.






