AsosiyJamiyat

Ayni paytda DTM bir qator masalalarga aniqlik kiritmoqda

'Ayni paytda DTM bir qator masalalarga aniqlik kiritmoqda'ning rasmi

Ayni paytda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Davlat test markazi mutaxassislari ishtirokida brifing bo`lib o`tmoqda.

Brifing "Jamoatchilik, jumladan abiturientlar va ularning ota-onalari uchun test topshiriqlari (savollar)ning ochiqligini ta`minlash" mavzusiga bag`ishlangan.

Tadbirda ishtirok etayotgan "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning DTM rasmiylariga asoslanib ma`lum qilishicha:

  • Kelgusi yil kirish imtihonlarida bu yilgi testlardan ham tushadi;
  • Endilikda testlardan namunalar ochiq — onlayn tarzda berib boriladi;
  • Testlarda 5 ta fandan imtihon bo`ladi, shundan 3 tasi asosiy va 2 tasi qo`shimcha fan;
  • Asosiy va qo`shimcha fanlardan testlarning murakkablik darajasi bir xil bo`lmaydi. Masalan, matematika yo`nalishida abiturientga tushgan matemateka fanidan testlar murakkabroq tuziladi, biologiya yo`nalishida topshirgan abiturientning matematikadan tushgan savollari esa osonroq bo`ladi. 

Tadbir davomidagi boshqa muhim yangiliklarni yaqin daqiqalarda berib boramiz. Saytimizdan uzoqlashmang!

Boshqa yangiliklar