“2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2020 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to`liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 23 mart – dushanba qo`shimcha dam olish kuni etib belgilandi.
2020 yilda quyidagi dam olish kunlari ko`chiriladi:
* 4 yanvar – shanba 2 yanvar – payshanbaga;
* 29 avgust – shanba 31 avgust – dushanbaga.
Shuningdek, 2020 yil 2 yanvar payshanba va 2020 yil 31 avgust dushanba kuni barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat`i nazar, dam olish kuni hisoblanadi






