AsosiyJamiyat

“Alpomish” dostonidan aytilgan parchalar yoshlarda katta taassurot qoldirdi

'“Alpomish” dostonidan aytilgan parchalar yoshlarda katta taassurot qoldirdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog`ida qo`yilgan topshiriqlar yuzasidan viloyat hokimi To`ra Bobolov tomonidan “Surxondaryo viloyatida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy xizmatchilarning etnomadaniy qadriyatlar to`grisida” qaror qabul qilindi.

Ushbu qaror ijrosi yuzasidan viloyatdagi harbiy qismlarning biriga “Yoshlar – kelajagimiz poydevori” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unda Jarqo`rg`on va Qumqo`rg`on tumanlaridagi umumta`lim maktablaridan 200 dan ortiq o`quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Ustozlar va yoshlar harbiy qism ofiserlari tomonidan iliq kutib olinib, ular harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. 

Shuningdek, o`quvchilar harbiy qism hududidagi o`quv joylari bilan ham yaqindan tanishib, ilk harbiy ko`nikmalarga ega bo`lishdi. Mashg`ulotlarda bevosita ishtirok etib, harbiy akalari bilan samimiy suhbat qurishdi. Mashg`ulotlar mobaynida harbiylar yordamida turli mashqlarni bajarib, qurol-aslaha va jangovar texnikalar imkoniyatidan amalda foydalanib ko`rdilar.

Ekskursiya va tadbir kun mobaynida davom etdi. O`tkazilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirda podpolkovnikZufar Yusupov yoshlarga milliy qadriyatlarimizning tarbiya negizi ekani, harbiy-vatanparvarlik, dostonlar, baxshichilik va chavandozlikning kelajak avlodga beshikast etkazib berilishining muhimligi haqida gapirdi. 

Harbiy qismning sport maydonida chavandozlar tomonidan ot minishning sir-asrorlari yoshlarga ko`rsatib berildi. 

Tadbir yakuni konsert dasturiga ulanib ketdi. Unda Termiz garnizoni harbiy orkestri ijrosida musiqalar yangradi, qo`shiqlar kuylandi. Surxondaryolik Sherali baxshi Egamberdiev tomonidan “Alpomish” dostonidan parchalaraytildi. 

Shu kungi tadbirlar, harbiy mashg`ulotlar va ekskursiya o`quvchi yoshlarda katta taassurot qoldirib, xotiralarida bir umrga muhrlangani tabiiy.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar