AsosiyJamiyat

Surxondaryo viloyati hokimi “Ta`lim homiysi” ko`krak nishoni bilan taqdirlandi

'Surxondaryo viloyati hokimi “Ta`lim homiysi” ko`krak nishoni bilan taqdirlandi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati hokimi To`ra Bobolov O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining “Ta`lim homiysi” ko`krak nishoni bilan taqdirlandi.

2019 yilning 9 noyabr kuni Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida To`ra Bobolovga mukofotni topshirdi. Surxondaryo viloyati hokimiga ushbu mukofot xalq ta`limi sohasini qo`llab-quvvatlash va mintaqadagi maktab infratuzilmasini yaxshilashga ko`rsatgan yordami uchun topshirildi.

Shuningdek, hokimiyat har bir viloyatning tuman xalq ta`limi bo`limlariga avtomobil ajratdi. Avtomobillar tuman boshqarmalari xodimlariga maktablar faoliyatini o`rganishga va muammolarni vaqtida o`rganib chiqishga ko`mak bermoqda.

Joriy yilda viloyatda investisiya dasturi doirasida bitta maktab qurildi, 9 ta maktab kapital ta`mirlandi hamda 55 ta maktab rekonstruksiya qilindi. "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlariga ko`ra, viloyatdagi mahalliy byudjet hisobidan 29 ta maktab kapital ta`mirlandi.

Mamlakatimiz Prezidentining 2019 yil 30 apreldan 1 maygacha Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog`ida berilgan topshirig`iga binoan, viloyatdagi 15 ta maktabda qurilish-ta`mirlash ishlariga qo`shimcha mablag` ajratildi. Hozir ushbu maktablarda qurilish va ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar