Qoraqalpog`iston Respublikasi Yong`in xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati katta inspektori, katta leytenant Aybek Abdiraxmanov Chimboydagi yong`in bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi.
2019 yil 13 noyabr kuni soat 12:17 larda Chimboy tumanidagi "Kukshi qala" MFYdagi J.Qaraqulov ko`chasida paxta tozalash joyida yong`in kelib chiqqan. Yong`in xavfsizlik hizmati tomonidan yong`in to`liq o`chirilgan. Yong`inning sababi va qancha miqdorda zarar keltirganligi aniqlanmoqda.






