AsosiyJamiyat

"Bojxonachi bilan kelishsang, oshig`ing olchi" degan davr o`tdi

'"Bojxonachi bilan kelishsang, oshig`ing olchi" degan davr o`tdi'ning rasmi

Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar bojxona sohasini ham chetlab o`tmayapti. Hususan, bojxona sohasida ham fuqarolarga hamda tadbirkorlarga qulaylik, erkinlik va shart-sharoit yaratish bo`yicha yangidan yangi loyihalar, dasturlar ishga tushirilmoqda.

Ber necha yillar oldin “bojxona xodimi” deganda turli qarashlar, turli xil o`ylar ko`z oldimizga kelar edi, ya`ni kim bojxona xodimi bu pora evaziga ko`plab korrupsion jinoyatlarga qo`l urishdan tap tortmaydigan davlat xizmatchisi. U bilan “kelishsang oshig`ing olcha” degan o`y ko`plab fuqarolarning xotirasida saqlanib “Streotip” bo`lib qolgan. Qaysidir ma`noda bunday qarashlarning dunyoga kelishi-yu va odamlar xotirasida saqlanib qolishida bojxona xodimlarining ham o`rni bor albatta. Lekin dunyo o`zgaryapti, odamlar o`zgaryapti, tizimlar, sohalar o`zgaryapti, ularning qatorida bojxona sohasi ham o`zgarayotganini anglash unchalik ham qiyin ish emas. 

Davlatimiz rahbarining alohida e`tibori bilan bojxona hodimlarini ham iqtisodiy qo`llab quvvatlash, uy-joy, imtiyozli foizsiz kredit asosidagi avtotransport vositalari bilan ta`minlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu o`z navbatida bojxona xizmati xodimlarini halol pok mehnat qilishida o`zining ijobiy natijasini beradi albatta. Zero, ertangi kunidan ko`ngli xotirjam bo`lgan insonda bugungi kuniga shukronalik xissi tug`iladi begumon. Korrupsiya deb nomlanmish illat zamiriga tushmaslikda yuqoridagi keltirib o`tgan omillarimizning barchasi o`zining ijobiy natijasini ko`rsatmoqda.

Bugun bojxona xizmatchisi korrupsiyani emas, balki o`z Vatanining ravnaqi, oilasi farzandlari, ota-onasini tanlayotgani davlatimizning byudjetiga kelib tushayotgan mablag`lar, rejalarni bajarilishidan ham bilib olishimiz mumkin. Bu ham ona yurtimizning har tomonlama rivojlanishida o`zining samarasini ko`rsatadi.

Bojxonachi bilan korrupsiyani yonma-yon ko`rsangiz O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasining 11-08 yoki Andijon viloyati bojxona boshqarmasining (74)228-48-44 raqamli ishonch telefoniga qo`ng`iroq qilishingiz so`raladi.

Endi eski qarashlardan voz kechaylik, bojxona tizimi o`zgardi. Siz aytgan daraxtlar esa kesilib ketti! 

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati boshlig`i Farhod Karimov

    Boshqa yangiliklar