O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 13 noyabr kuni chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ipakchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkazdi.
Yig`ilishda belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta`minlash uchun haftaning har jumasi “Chorvachilik kuni” deb e`lon qilindi.
Topshiriqlar ijrosini muvofiqlashtirib borish va chorvadorlarga ko`maklashishga mas`ul Respublika kengashi tuzildi.






