Quyichirchiq tumanida odamlarning o`limiga sababchi bo`lgan chaqnash to`g`risida Bosh prokuratura qo`shimcha bayonot berdi.
2019 yil 11 noyabr kuni Quyichirchiq tumanida namunali uylarning xonadonida gaz chaqnashidan xosil bo`lgan yong`in oqibatida 2 nafar fuqaro vafot etganligi va 4 nafari tan jaroxatlari olib, shifoxonaga yotqizilganligi haqida xabar berilgan.
Mazkur holat yuzasidan 13.11.2019 yil kuni Quyichirchiq tumani prokuraturasi tomonidan JKning 207-moddasi 3-qismi "a" bandi va 258-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, 2019 yilning 11 noyabr kuni Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani “Surum“ mahallasidagi uylarning birida gaz to`planib chaqnashi natijasida portlash sodir bo`lgan.






