AsosiyJamiyat

«Adolat» SDP Toshkent shahar Kengashi raisipediatriya tibbiyot institutidagi partiya a`zolari bilan uchrashdi

'«Adolat» SDP Toshkent shahar Kengashi raisipediatriya tibbiyot institutidagi partiya a`zolari bilan uchrashdi'ning rasmi

Kuni kecha O`zbekiston «Adolat» SDP Toshkent shahar Kengashi raisi Bahrom Valiev Toshkent pediatriya tibbiyot institutida tashkil etilgan boshlang`ich partiya tashkilotiga tashrif buyurdi. 

Boshlang`ich partiya tashkiloti a`zolari hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati B.Daminov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida, saylov kodeksi, partiya saylovoldi dasturi hamda nomzodlarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha suhbat olib borildi. Bu borada, B.Daminov bugungi rivojlangan jamiyatimizda yosh kadrlarning deputat bo`lishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berish kerakligini ta`kidladi. 

Deputatlik saylovlarida g`alaba bo`lgan deputatning keyingi saylovda g`olib bo`lishidan ko`ra boshqa biron yangi yoshroq kadrni deputat qilib saylash orqali yangi-yangi islohotlarni, yangicha targ`ibotlarni olib borishi mumkinligi, bu esa jamiyatni bir erda qotib qolmasligi uchun imkon yaratib beraishi haqida fikr-mulohazalar aytib o`tildi. 

BPT a`zolari bilan uchrashuv keng mulohazalarga asoslangan suhbat asosida bo`lib o`tdi.

Bugungi kunda Toshkent shahrida 23 mingga yaqin a`zolar bor shundan 370 dan ortig`i boshlang`ich partiya tashkilotlariga birlashgan. Toshkent pediatriya tibbiyot institutida tashkil etilgan BPTda 200dan ortiq a`zolar birlashgan.

 

    Boshqa yangiliklar