10 noyabr kuni XDP partiyasi raisi Ulug`bek Inoyatov Toshkentda siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida o`tkazilgan «Demokratik debat»da Toshkentda 2,5 million so`m oylik oluvchi bir nafar boquvchi 5 kishidan iborat oilani boqishi mumkin, deb aytgandi. Uning bu gapiga O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi sektor mudiri Ravshan Xomitov izoh berdi. Bu haqda Xalqaro press-klub Telegram-kanalida ma`lum qilindi.
- Bizning siyosiy partiyamiz rahbari, hurmatli Ulugbek Ilyasovich, 2,5 million pul 5 kishidan iborat oilaga etadi degan fikrni bildirganida oilaning barcha xarajatlarini nazarda tutmagan. Balki faqat oziq ovqat mahsulotlarini harid qilishni nazarda tutgan edi, deydi R.Xomitov.






