AsosiyJamiyat

O`zbekiston xaritasida 400 mingdan ortiq “yashil nuqtalar” paydo bo`ldi

'O`zbekiston xaritasida 400 mingdan ortiq “yashil nuqtalar” paydo bo`ldi'ning rasmi

🌱Bugun “Yuksalish” umummilliy harakati tashabbusi bilan o`tkazilayotgan “Bir million daraxt” aksiyasi start berilganiga 20 kun to`ldi. Ushbu davr mobaynida daraxt ko`chatlarini o`tkazish tadbirlari Qoraqalpog`iston Respublikasi, Sirdaryo, Namangan, Andijon viloyatlarida o`tkazildi. Shu kunlarda esa aksiya Qashqadaryo viloyatida eko-marafon shaklida bo`lib o`tmoqda.

Bir oydan kamroq vaqt davomida O`zbekiston xaritasida 400 mingdan ortiq “yashil nuqtalar” paydo bo`ldi. Bu esa Respublikamizning beshta hududida shuncha manzarali va mevali daraxtlar ekildi degani.

 “Bir million daraxt” aksiyasi davom etadi.

    Boshqa yangiliklar