13 noyabrdan 16 noyabrga qadar respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtincha uzilishlar bo`ladi.
“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi”ning 450 MVt quvvatga ega 2-sonli bug`-gaz qurilmasi (BGQ) yoqilg`i filtrlarini tozalash va boshqa nosozliklarni bartaraf etish uchun ta`mirga chiqarildi. Ushbu bug`-gaz qurilmasini pudradchidan qabul qilishdan oldin yakuniy reglament bilan belgilangan ishlar va sinovlar o`tkaziladi. Sinov jarayoni 16 noyabr kuniga qadar davom etishi kutilmoqda.
Ushbu bug`-gaz qurilmasida Respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi taxminan 6 foizini tashkil etadi. Shuni inobatga olib, energotizim barqaror ishlashini ta`minlash maqsadida, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste`mol balansini ta`minlash uchun ba`zi hududlarda elektr ta`minotida uzilishlar bo`lishi mumkin.






