AsosiyJamiyat

“Adolat” mas`ul organlardan “Lukoyl” bosh energetigiga chora ko`rilishini so`ramoqdi

'“Adolat” mas`ul organlardan “Lukoyl” bosh energetigiga chora ko`rilishini so`ramoqdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda «LUKOIL UZBEKISTAN OPERATING COMPANY» mas`uliyati cheklangan jamiyati amaldori – bosh energetik Ivan Aleksandrovich Shilov Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, Jarquduq gaz tayyorlash majmuasi ishchilarini haqorat qilgani haqidagi xabarlar va holat aks etgan video tarqalgan edi. Sal avval ushbu vaziyatga nisbatan feysbukning o`zbek segmentida blog yuritib kelayotgan Jamshid Muslimov “Lukoyl" O`zbekiston xalqi oldida rasman kechirim so`rashi shartligini aytgandi. Bugun ushbu voqeaga “Adolat” SDP o`z ham munosabatini bildirdi:

"O`zbekiston “Adolat” SDP bu holat O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaning 13-moddasidagi “O`zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko`ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi” degan me`yorga zid, deb hisoblaydi va shu sababli Jamiyat rahbariyati hamda tegishli davlat organlaridan bu masalaga oydinlik kiritib, qonun ustuvorligini ta`minlashni so`rab qoladi. 

Videotasvirdan yaqqol ko`rish mumkinki, rahbar qo`l ostidagi xodimlarni haqoratlab, ularning sha`ni va qadr-qimmatiga hurmatsizlik bildirgan.

O`zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi videotasvirda gavdalangan holat yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda surishtiruv ishlari olib borish, xizmat vakolati doirasidan chetga chiqqan mansabdor shaxsning jinoiy yoki ma`muriy javobgarlik masalasini muhokama qilish, natijasi haqida ommaga xabar berish zarurligini qayd etadi va bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi mas`ul davlat organlarining munosabatini so`raydi".

Boshqa yangiliklar