AsosiyJamiyat

"Paqildoq" ortilgan mashina qo`lga olindi

'"Paqildoq" ortilgan mashina qo`lga olindi'ning rasmi

Yangi yil yaqinlashgani sari bayram shukuhi bilan birga barchamiz uchun yoqimsiz holatlarni keltirib chiqaruvchi – pirotexnika vositalari ham ko`payib qoladi. To`satdan bo`ladigan qasir-qusur yosh bola tugul katta yoshdagi odamni ham esankiratib qo`yadi. Ana shunday yoqimsiz paqildoqlarga qarshi bojxonachilar tizimli ravishda kurash olib bormoqdalar. 

Jumladan, Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. boshqaruvidagi avtomashina kuzatuvga olindi va avtoulov belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, avtomashina yukxonasida umumiy qiymati 78,5 million so`mni tashkil qiluvchi 67 290 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar