AsosiyJinoyat

Samarqandda erkak avval turmush o`rtog`ining keyin o`zining joniga qasd qildi

'Samarqandda erkak avval turmush o`rtog`ining keyin o`zining joniga qasd qildi'ning rasmi

12 noyabr kuni soat 00-10larda Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Boshdarxon mahallasida yashagan Xamid T. (1986 y.t. yakka tartibdagi tadbirkor) turmush o`rtog`i Dilorom V. (1994 y.t., uy bekasi) bilan o`zaro janjallashib, uni ko`llari bilan bo`g`ib o`ldirgan.

So`ngra erkak yashash uyida arqon bilan o`zini ham joniga qasd qilib, osib o`ldirgan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov.   

Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar