13 noyabr kuni o`z ishini boshlaydigan “Ipak yo`lida turizm” XXV Toshkent xalqaro turistik ko`rgazmasi doirasida O`zbekiston Respublikasining turizm brendi elchilari xalqaro forumi bo`lib o`tadi.
Xalqaro forumda O`zbekistonning Rossiya Federasiyasidagi turistik brend elchisi – mashhur akter Yuriy Stoyanov, Isroildagi turistik brend elchisi – taniqli aktyor, “Xanda” teatri badiiy rahbari Xay Davidov, Qozog`istondan – Lazzat Axanova hamda Buyuk Britaniyadan – nufuzli marketolog Sofi Ibbotson ishtirok etadi.
Ta`kidlash joizki, O`zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga doir muhim choralardan biri xorijiy mamlakatlarda turistik brend elchilari institutining joriy qilinishi bo`ldi.
Shu kunga qadar o`z mamlakatlarida taniqli bo`lgan shaxslar, jamoat arboblari turistik brend elchilari maqomini qo`lga kiritishgan.
Elchilar faoliyatining asosiy yo`nalishi O`zbekiston turistik salohiyatini targ`ib qilish hamda respublikaning tanilishini oshirish hisoblanadi.
O`zbekiston turistik brend elchilari xalqaro forumi mamlakatimizda birinchi marta o`tkazilayotgani bilan ham ahamiyatlidir. Ilk forumning o`tkazilishi XXV Toshkent xalqaro turistik ko`rgazmasiga to`g`ri kelgani ham o`ziga xos ramziy ahamiyat kasb etadi.
Shu kunga qadar O`zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi turistik brendlari soni 14 nafarni tashkil qiladi:
Rossiya – Yuriy Stoyanov;
Isroil – Xay Davidov;
Qozog`iston – Lazzat Axanova;
Buyuk Britaniya – Sofi Ibbotson;
Pokiston – Qosim Ali-Shox;
Avstriya – Gertruda Tauxammer;
Indoneziya – Eko Sri Margianti;
Malayziya – Daler Yusuf;
Hindiston – Ritu Beri;
Koreya Respublikasi – Li Eng E;
Malayziya – Mohd Asri Zain-ul Abidin;
Singapur – Fillip Tan Eng Seong;
Yaponiya – Asuko Maeda;
Fransiya – Jerar Deparde.






