Markaziy Osiyo rahbarlarining navbatdagi, ikkinchi konsultativ uchrashuvi joriy yilning 27 noyabrida Toshkent shahrida bo`lib o`tadi. Bu haqda Qozog`iston respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboev ma`lum qildi.
"Bundan ilgari men barcha qo`shni davlat rahbarlarini konsultativ uchrashuvga chaqirgan edim. Mazkur uchrashuv Ostona (Nursulton) shahrida bo`lib o`tdi. Bunday uchrashuvlar turli poytaxtlarda o`tkazilishini istadim. Navbatdagi uchrashuv, joriy yilning 27 noyabrida Toshkent shahrida o`tkazilishi rejalashtirildi", deb Nursulton Nazarboev so`zlaridan iqtibos keltirdi Kazinform agentligi. Uning ta`kidlashicha, Qirg`iziston, Tojikiston va O`zbekiston o`rtasida hali hal qilinmagan muammolar mavjud.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi konsultativ uchrashuvi 2018 yilning mart oyida Qozog`iston poytaxtida bo`lib o`tgan edi. Joriy yilning iyul oyida O`zbekiston Respublikasi TIV ikkinchi uchrashuv Toshkentda o`tkazilishi haqida xabar bergan edi.






