AsosiyJamiyat

Kam ta`minlangan oilalarning qarzlari to`lab berildi

'Kam ta`minlangan oilalarning qarzlari to`lab berildi'ning rasmi

Inson va uning manfaatlari va ehtiyojlari haqida g`amxo`rlik qilgan jamiyat gullab-yashnaydi, kelajakka dadil boqadi, xalqaro maydonda obro`-e`tibori oshadi. Yurtimizda bo`layotgan har bir jarayon inson huquq va erkinliklari, manfaatlari himoyasi ustuvor ahamiyat kasb etganidan dalolatdir.Majburiy ijro byurosi organlariga aholi va yuridik shaxslardan foydalanilgan energiya resurslari uchun vujudga kelgan hamda sud hukmi bilan ijroga chiqarilgan boshqa qarzlarni undirish, to`lov intizomini mustahkamlash, bu borada fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish vazifasi yuklatilgan. 

Shu maqsadda hududlarga biriktirilgan davlat inspektorlari faoliyatida foydalanilgan energoresurslari yoki boshqa kommunal xizmatlar uchun to`lovlarni o`z vaqtida to`lab borish imkoniyatiga ega bo`lmagan, kam ta`minlangan oilalar ham uchrab turibdi. Haqiqiy holatni, nochor oilaning ahvolini ko`ra bila turib, qarzdorligingizni to`lamasangiz tarmoqdan uzaman, deyish ham biroz og`riqli nuqta. 

Bu borada Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyatining tuman-shahar bo`lim hodimlari kam ta`minlangan oilalarning ana shunday muammolarini homiylar ko`magi bilan yordam qilinmoqda.

Hususan,  Qiziriq tumani Kunchiqish mahallasida yashovchi Yo`ldoshev Hayit kam ta`minlangan oilalar ro`yxatida turadi va elektr energiyasidan 150 ming so`m qarzdorligini muddati o`tgan bo`lsada to`lov qobiliyati pastligi sababli bartaraf eta olmaydi. Buni bilgan Byuroning davlat inspektori aynan shu mahallada yashovchi o`ziga to`q oilalardan birini savobli ish qilishga undab, bu kam ta`minlangan oilaga yordam ko`rsatildi.

Huddi shuningdek, tumanning “Buyuk kelajak” mahallasida yashovchi Xakimov Abdunazarga elektr energiyasidan 100 ming so`m qarzdorligi va tumanning boshqa mahallalardagi kam ta`minlangan oilalarning qarzdorliklari homiylar yordamida bartaraf etishga ko`maklashishmoqda.

Bu kabi saxovatpesha tadbirlari Termiz tumanida ham olib borilmoqda. Tumanning “Orol”, “Uchqizil”, “At-Termiziy”, “Qo`ng`irot” va boshqa mahallarida yashovchi kam ta`minlangan oilarga xomiylar ko`magida yordam ko`rsatilib, kommunal to`lovlardan jami 550 ming so`m qarzdorliklari qoplab berildi. 

Denov tumanida xam olib borilgan bu kabi saxovatpesha tadbirlarida tumanning  “Yangi hazarbog`” mahallasida yashovchi Bozorova Soniyaga elektr energiyadan 500 so`m, Turdiqulov Ismatning elektr energiyadan 475 ming, “Chuqur qishloq” MFYda yashovchi Qoraev Odilga 538 ming, “Qora ko`z” MFYda yashovchi Umarova Bibirajabga 470 ming so`m elektr energiyadan qarzdorliklari homiylar yordamida bartaraf etildi.

Bu kabi saxovatpesha tadbirlarda ishtirok etayotgan homiylar ham birdek mamnun.

    Boshqa yangiliklar