Ma`lumki, Shavkat Mirziyoev 2018 yil yakunida 2019 yilning 1 dekabrigacha spitli ichimliklar va tamaki mahsulotlar iste`molini cheklash borasida qo`shimcha chora tadbirlarni ko`rish bo`yicha qaror imzolagan edi.
Shu munosabat bilan 11 noyabr kuni Sog`liqni saqlash vaziriligi Tamaki mahsulotlari to`g`risidagi umumiy texnik reglamentga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish taklif etilgan qaror loyihasini muhokamaga qo`ydi.
Unga ko`ra, tamaki mahsulotlari qadog`ining har ikki tomonida tibbiy ogohlantirish eskizlari ko`rsatiladi. Ular rasm va yozuvli fotosurat ko`rinishida bo`lib, har 5 yilda 1 marta yangilanib boriladi.
Eskizlar ikki til — o`zbek va rus tillarida bo`ladi






