AsosiyDunyo

Rakka qarshi kuchli dori yaratildi

'Rakka qarshi kuchli dori yaratildi'ning rasmi

AQShda Jon Xopkins universiteti olimlari rakning o`sishi uchun zarur bo`lgan glutamin metabolizmini bloklaydigan preparatni yaratishdi. "JHU083" birikmasi, shuningdek, xavfli o`smaning mikro aylanasini o`zgartirib, immun tizimi oldida zaiflashtirib yuboradi, deya xabar beriladi "MedicalXpress" press-relizida.

Preparatning aktiv shakli «DON» glutamin antagonistini ta`siriga taqlid qilib, o`sma to`qimalarida to`planadi. Ma`lumki, glutamin metabolik yo`llarni rag`batlantirib, o`smalarning jadal o`sishiga sabab bo`ladi. "JHU083" yo`g`on ichak raki, limfoma va melanoma bo`lgan sichqonlarda sinovdan o`tkazildi. Birikma hujayra, qon tomirlardan iborat o`sma mikro aylanasiga ta`sir ko`rsatib, yuqori kislotalik, kislorod va oziq moddalar etishmasligi tufayli immun hujayralariga qarshi kurashadi.

"JHU083" shishlar o`sishining kamayishiga olib kelgan hamda yashovchanlikni yaxshilagan. Ayrim sichqonlarda immun reaksiyasi chaqirgan uzoq muddatli remissiya kuzatilgan. Jonivorlarning o`sma hujayralariga takroran yuborilganda ajralish yuz bergan. Bu kuchli immun xotira shakllanganidan dalolat.

    Boshqa yangiliklar