AsosiyJamiyat

XDP vakili: “Talabaning stipendiyasi kartoshkaga ham etmaydi”

'XDP vakili: “Talabaning stipendiyasi kartoshkaga ham etmaydi”'ning rasmi

Xalqaro matbuot markazida press-kofe dasturida partiyalar, Oliy va o`rta ta`lim vazirligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakillari va jurnalistlar ishtirokida debat-anjumani bo`lib o`tdi.

Partiyalar oliy ta`limdagi eng dolzarb muammolarni ko`rsatib, ularga echim taklif etdilar. 

“Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi vakilining fikricha, O`zbekistonning 33 million aholi uchun 130 ta oliy ta`lim muassasasi kamlik qiladi. Ularning sonini 300 taga etkazish kerak. 

Xalq demokratik partiyasi vakili esa shartnoma pullarini to`lash uchun ta`lim kreditlarini olishni osonlashtirish masalasini ko`tarmoqda.

Shuningdek, yotoqxonalar sharoitini yaxshilash va talabalar stipendiyasini ko`tarish masalasini olib chiqmoqda. Partiya vakilining ta`kidlashicha, bugungi kundagi talabalar stipendiyasi kartoshka sotib olishga ham etmaydi.

Ekologik partiya vakili universitetlarda ham ekologik ta`limni joriy qilishni taklif etmoqda.

“Adolat“ sosial-demokratik partiyasi kirish kvotalaridan voz kechish taklifini ilgari surmoqda hamda universitetlar soni bilan birga sifati ham muammoligicha qolayotganligini ta`kidlab, sifatni kuchaytirish uchun harakat qilish kerakligini aytmoqda. Shu bilan birga, oliy ta`lim muassasasi rektorini saylash tizimini joriy etish lozim ekanini bildirdi.

 

Boshqa yangiliklar