Iroqdagi tartibsizliklarda qurbonlar soni 319 nafarga etdi, deya xabar bermoqda TASS nashri.
Iroqda bir oydan beri davom etayotgan tartibsizliklar natijasida 319 kishi qurbon bo`ldi va 15 ming kishiga jarohat etdi. Iroqda bundan bir oy avval hukumatga qarshi turmush tarzining yomonlashuvi, ishsizlar sonining ko`payishi va korrupsiya yuzasidan isyon ko`tarilgandi. Xalq hukumat, xususan, parlament amaldorlarini iste`foga chiqishini talab qilmoqda.






