Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirishlar va qo`shimcha kiritish to`g`risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatga ko`ra, lavozimlarni egallashning besh yillik muddati davrida rektor buyrug`i bilan tasdiqlanadigan oliy ta`lim muassasasi komissiyasi tomonidan har bir o`quv yili yakunlari bo`yicha barcha pedagog xodimlar faoliyati atroflicha o`rganib chiqiladi va baholanadi. Qolaversa, tugallangan fan o`qituvchilarining dars berish samaradorligi talabalar tomonidan anonim tarzda baholanadi.
Loyihaga ko`ra, pedagog xodimning malakasi etarli bo`lmaganligi sababli o`quv-metodik, ilmiy, tarbiyaviy ishlari sifati, o`qitgan talabalarining o`zlashtirish darajasi past bo`lgan taqdirda, tanlovni o`tkazish tartibida belgilab qo`yilgan muddatdan qat`iy nazar u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
✅ Quyidagi manzil orqali Qaror loyihasi yuzasidan o`z takliflaringizni bildirishingiz mumkin:
Muhokamalar shu yilning 19 noyabriga qadar davom etadi.






