AsosiyJamiyat

Toshkentda yangi bolalar bog`chasi, maktab va universitet tashkil etiladi

'Toshkentda yangi bolalar bog`chasi, maktab va universitet tashkil etiladi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, poytaxtda xususiy ta`lim muassasalari tarmog`i ochiladi:

  • «Tashkent kindergarten» nodavlat maktabgacha ta`lim tashkiloti. Manzil: Yakkasaroy tumani, Abdulla Qahhor ko`chasi, 26-uy;
  • «School of Tashkent» Xalqaro umumta`lim maktabi. Toshkent «Mehr-Shafqat» kasb-hunar kolleji binosida joylashib, kolejning o`quvchilari 2019-2020 o`quv yili oxirigacha shu binoda qolishadi.

Manzil: Yakkasaroy tumani, Vosit Vohidov ko`chasi, 116-uy.;

  • «Tashkent International University» xalqaro universiteti. Hozirgi kunda Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabalari tahsil olayotgan Toshkent moliya institutining korpuslarida joylashib, talabalar u erda Toshkent arxitektura-qurilish institutining yangi binosi qurilmagunicha qoladilar.

Manzil: Yunusobod tumani, Kichik xalqa yo`li, 7-uy.

Ta`lim-tarbiya jarayoni 2020-2021 yildan o`zbek, rus va ingliz tillarida, to`lov kontrakt asosida boshlanadi. 

O`quv rejasi va dasturlari «Tashkent education» nodavlat ta`lim tashkiloti tomonidan mamlakatimiz davlat standartlarini inobatga olgan holda tayyorlanadi va tasdiqlanadi. Maktab va bolalar bog`chasiga qabul qilish talablari, tartibi va muddati ushbu tashkilotlar tomonidan mustaqil ravishda belgilanib, maktabgacha ta`lim va xalq ta`limi vazirliklari bilan kelishiladi.

Universitetda kunduzgi va boshqa ta`lim shakllari amal qiladi. 

Kadrlarni tayyorlash davlat buyurtmasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Abiturientlarni qabul qilish hamda bitiruvchilarni imtihondan o`tkazish shart va muddatlari universitet tomonidan Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Bitiruvchilarga O`zbekistonda oliy ta`lim to`g`risidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi. Universitetga 2022 yil 1 yanvarigacha soliq va bojxona imtiyozlari berildi.

Ochilish bilan shug`ullanadigan kompaniya...

Ochilish «Tashkent education» nodavlat ta`lim tashkilotini tomonidan, Britaniyaning «Velocius Ltd» kompaniyasi ishtirokida, amalga oshiriladi.

Ushbu tashkilot yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan, mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan O`zbekiston Respublikasining rezidentidir.

«Velocius Ltd» kompaniyasi esa o`z hisobidan ob`ektlarni rekonstruksiya, kapital ta`mir, jihozlash va ishga tushirish hamda tutash hududlarni obodonlashtirish ishlarini amalga oshiradi.

    Boshqa yangiliklar