11 noyabr kuni Namangan shahridagi 35/6 kVli “Paxtaliko`l” nimstansiyasida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib boriladi.
Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Namangan shahrining “Istiqbol” va Yangiqo`rg`on tumanining “Rovut” hamda “Qizilqiyoq” MFYlar hududlarida iste`molchilarga elektr energiyasini etkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo`ladi.
ShuningdekPop tumanidagi 35/6 kVli “Parda Tursun” va 35/10 kVli “Pungon” nimstansiyalarida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Pop tumanining “Imom ota”, “Chorkesar”, “Sohibkor” va “Navro`z” MFYlar hududlarida iste`molchilarga elektr energiyasini etkazib berilishi cheklanadi.
Mingbuloq tumanidagi 110/35/10 kVli “Jumashuy” nimstansiyasida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar tumanning “Oybek”, “Mustaqillik”, “Birlashgan”, “O`rtar qishloq”, “Madaniyat”, “Paxtakor”, “Terak”, “Bozorboshi”, “Gurtepa” va “O`zgarish” MFYlar hududlarida iste`molchilarga elektr energiyasiuziladi.
Chust tumanidagi 110/10 kVli “Qodirobod” nimstansiyasida rejali mukammal ta`mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar, tumanning “Chust non”, “Do`slarobod” va “Yangiobod” MFYlar hududlarida ham iste`molchilarga elektr energiyasini etkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`ragan.






