9 noyabr 2019 yil soat 07-30larda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani, Bog`dod mahallasida yashovchi ayol B.I., uning 2 nafar farzandlari hamda yashash xonadoniga mehmonga kelgan 5 nafar qarindoshlari yashash uyi oshxonasidagi gaz plitasini yoqib, uxlab qolishi natijasida is gazidan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilganlar.
Shuningdek, 10 noyabr 2019 yil soat 13-00larda Nukus shahrida yashovchi fuqaro E.A. va uning turmush o`rtog`i qo`lbola usulda yasalgan isitish qozini o`chog`iga ulangan tabiy gaz ugaridan (is gazi) zaharlanib, vafot etganlar.
Ikkala holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar teshkiruv harakatlari o`tkazilmoqda.
Bosh prokuratura bunday ko`ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong`in va xavfsizlik talablariga qat`iy rioya qilishni so`ragan.






