AsosiyDunyo

Tramp Putindan may oyida “G`alaba kuni”ni nishonlash uchun taklifnoma oldi

'Tramp Putindan may oyida “G`alaba kuni”ni nishonlash uchun taklifnoma oldi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin AQSh Prezidenti Donald Trampga xat yuborib, Rossiyada 9-may “G`alaba kuni” munosabati bilan o`tkaziladigan yubiley tadbirlarda qatnashishga taklif qildi. Juma kuni Tramp bu taklifni o`ylab ko`rayotganini aytdi.

«Bu taklifni qadrlayman. O`sha paytda siyosiy ishlar ko`payadi. Shuning uchun men Rossiyaga bora olamanmi yoki yo`qmi,  o`ylab ko`raman. Lekin agar iloji bo`lsa,  borishni istardim», dedi Tramp Oq uyda jurnalistlarga.

Rossiya tashqi ishlar vazirining o`rinbosari Sergey Ryabkovning aytishicha, Putinning bu taklifi AQSh tomonidan qiziqish bilan qabul qilindi. Ammo Oq uydan bu haqda hali hech qanday javob bo`lmagan.

    Boshqa yangiliklar