Ichki ishlar vazirligi vakillari ishtirokida o`tgan matbuot anjumanida vazirlik matbuot xizmati rahbari Shohruh G`iyosov aholini “Grin kard” firibgarlari bo`yicha ogohlantirish lozimligini ta`kidladi.
Shohruh G`iyosov, IIV vazirlik matbuot xizmati rahbari:
— O`tgan vaqt davomida "Grin kard"dan ro`yxatdan o`tkazish bahonasida mingdan ziyod fuqarolarning shaxsiy ma`lumotlarini olgan va ular lotereyada g`olib bo`lgach, pul so`rab tovlamachilik holatlarini sodir etgan 30 nafar shaxsga nisbatan ish ochilgan. Fuqarolarga o`z shaxsiy ma`lumotlarini birovlarga taqdim etmaslik va "Grin kard"dan ro`yxatdan o`tishda begonalar xizmatidan foydalanmaslik tavsiya etamiz.
Ma`lumot o`rnida:
Joriy yildan boshlab "Grin kard"dan ro`yxatda o`tishda o`zgarishlar sodir bo`ldi. Asosiylaridan biri esa ishtirokchilar xorijga chiqish pasportiga ega bo`lishi shartligi belgilab qo`yildi.






