Olmazor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan ushbu holatning tekshiruvi o`tkazilib, hodisa ishtirokchilari va kelishmovchilik sabablariga aniqlik kiritildi. Hodisa svetofor ishlamasligi oqibatida tirbandlik yuzaga kelgan Keles ko`chasida sodir bo`lgan.
Ikki avtomobil haydovchilari — Matiz rusumli avtomobilni boshqargan 28 yoshli Farxod Y. va Cobalt avtomobilini boshqargan 51 yoshli Jahongir J. bir-birlariga yo`l bermaganligi oqibatida ular o`rtasida kelishmovchilik yuzaga chiqqan. Janjal davomida Farxod Yu. Jahongirga o`yinchoq to`pponcha bilan tahdid qilgan.
Ushbu mojaro bo`yicha tekshiruv davom etmoqda,






