Bu haqida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
O`zbekistonda xorijga chiqish pasportlarini nafaqat ro`yxatda turgan joydan, balki amalda hisobda turgan joydan olishga ruxsat berilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu ma`lumot Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining loyihasida keltirilgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti bergan tushuntirishga ko`ra, ushbu yangilik respublikamizning boshqa hududlarida vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolar uchun qo`shimcha qulaylik sifatida xizmat qiladi.
Rejalashtirilgan yangilik haqida batafsil:
Taklif etilayotgan tartibga ko`ra, fuqarolar xorijga chiqish pasportini olishda ma`lumotlar yig`ish punktiga doimiy ro`yxatga turgan yoki vaqtincha yashab turgan joyidan murojaat qila oladilar.
Bundan tashqari, yo`qotilgan xorijga chiqish pasportini tiklashda ham fuqarolar ma`lumotlar yig`ish punktiga doimiy ro`yxatga turgan yoki vaqtincha yashab turgan joyidan murojaat qila oladilar.






