AsosiyJamiyat

Ijodkormisiz? Liderlikka intilasizmi? Unda konferensiyaga marhamat!

'Ijodkormisiz? Liderlikka intilasizmi? Unda konferensiyaga marhamat!'ning rasmi

Ijodkormisiz? Jamiyatda liderlikka intilib yashaysizmi?  O`z innovasion g`oyalaringiz bormi? Unda “Yoshlarda ijtimoiy  faollikni shakllantirishning zamonaviy muammolari: liderlik, ijodkorlik, innovasiyalar” mavzusida o`tkazilayotgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiya aynan siz uchun! 

Mazkur konferensiya joriy yilning 20 noyabr kuni O`zbekiston yoshlar ittifoqi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o`rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida 3 ta sho``ba asosida tashkil etiladi. 

1-sho``ba “Yoshlarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida bo`lib, unda yoshlarning bugungi kundagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga mustaqil yondashuvi bo`yicha fikr-mulohazar yuritiladi. 

2-sho``ba “Yoshlarda innovasion potensialni shakllantirish imkoniyatlari” mavzusida bo`lib, etuk mutaxassislar va iqtidorli yosh olimlar o`zlari bajarayotgan va amalga tadbiq etilishi kutilayotgan innovasion ishlanmalari, kashfiyotlari hamda yangi ilg`or g`oyalarni o`zida mujassam etgan ishlari bilan ishtirok etishlari mumkin. 

3-sho``bada esa “Liderlik psixologiyasining zamonaviy muammolari” muhokamasiga bag`ishlanib, yoshlarda liderlikni shakllantirish hamda ularda qaror qabul qilish, xodimlar bilan ishlash, ularni boshqarish ko`nikmalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan takliflar ko`rib chiqiladi. Ushbu yo`nalishda O`zbekistonda yosh kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida e`tibor qaratiladi. Konferensiya yakunida faol qatnashchilar maxsus sertifikat va esdalik sovg`alari bilan taqdirlanadi. Shuningdek, yakunda konferensiya ishida ko`rilgan masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar ishlab chiqiladi. Konferensiyada ishtirok etishni istasangiz 9 noyabrga qadar 3 ta sho``badan biri bo`yicha o`z taklif va fikr-mulohazalaringiz aks etgan maqolangizni quyidagi manzillarga jo`nating va qatnashchiga aylaning.

Manzil: Toshkent shahri, I. Karimov ko`chasi, 45-uy

Tel.: (871) 232 61 45, faks: (871) 232 60 69, 

www.ipm.dba.uz, email: info-ipm@dba.uz

 

    Boshqa yangiliklar