Avval xabar berganimizdek, http://darakchi.uz/uz/78236 bugun tongda Xorazmlik faol jurnalist Davlatnazar Ro`zmetov avtohalokatda vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa jurnalistning o`limi uyushtirilgani haqida turli "postlar" qoldirila boshlandi. Bosh prokuratura esa bu holatga aniqlik kiritib, tahminlarga nuqta qo`ydi:
Hayot Shamsutdinov, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i:
— 2019 yil 06 noyabr kuni soat 23:55 larda fuqaro S.U. o`zi ishlab kelayotgan korxonasiga tegishli bo`lgan “Gazel” rusumli avtomashinani “Urganch-Xiva” yo`lining 4-kilometrida boshqarib borayotganida, yo`lni kesib o`tayotgan “Jamiyat” gazetasi muxbiri Davlatnazar Ro`zmetovni urib yuborgan. Natijasida D.Ro`zmetov bosh qismidan jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Urganch tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






