AsosiyJamiyat

Endi risoladagidek ta`lim berolmaydigan maktablar davlat attestasiyasidan o`tkaziladi

'Endi risoladagidek ta`lim berolmaydigan maktablar davlat attestasiyasidan o`tkaziladi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi Sherzod Shermatov boshchiligida "Maktablarda ta`lim sifatini oshirish - bosh vazifa" mavzuida matbuot anjumani o`tkazilyapti. 

Xabarimizda maktab bitiruvchilarining 2019  yilda oliy ta`lim muassasalariga kirish ko`rsatkichlari tahliliga ko`ra, 2 mingdan ziyod maktabning bironta o`quvchisi oliy o`quv yurtiga kira olmaganligini aytgandik. 

Yig`ilishda ma`lum qilinishicha, risoladagidek ta`lim berolmaydigan, ya`ni bitiruvchilari oliy ta`lim muassasalariga kirmagan 2000 dan ortiq maktab birinchi navbatda davlat attestasiyasi va akkreditasiyasidan o`tkazish rejalashtirilgan.   

Ayni paytda matubot anjumani davom etmoqda. Bizni kuzitishda davom eting. darakchi.uz muxbiri batafsil ma`lumotlarni taqdim qiladi.

    Boshqa yangiliklar