AsosiyJamiyat

“Tashkent education” NNT tashkil etildi

'“Tashkent education” NNT tashkil etildi'ning rasmi

“Tashkent education” nodavlat ta`lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, maktabgacha, umumiy o`rta va oliy ta`lim sohasida ta`lim xizmatlari ko`rsatish uchun Toshkent shahrida “Tashkent education” nodavlat ta`lim tashkiloti tashkil etildi.

Ta`lim tashkilotiga belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagilar ta`sis etildi:

1) “Tashkent kindergarten” nodavlat maktabgacha ta`lim tashkiloti;

2) “School of Tashkent” Xalqaro umumta`lim maktabi;

3) “Tashkent International University” xalqaro universiteti.

Ushbu ta`lim tashkilotlarida o`qitish o`zbek, rus va ingliz tillarida, O`zbekiston davlat ta`lim standartlari talablarini inobatga olgan holda, to`lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Ta`lim faoliyati 2020/2021 o`quv yilidan boshlanadi.

Mazkur ta`lim tashkilotlari faoliyati “Velocius Ltd” kompaniyasi (Buyuk Britaniya) mablag`lari, o`qitishdan tushadigan mablag`lar, xomiylik xayriyalari va  qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar