AsosiyJamiyat

Avtomobillarning orqa yon oynasiga parda taqish masalasiga maxsus ishchi guruh nuqta qo`yadi

'Avtomobillarning orqa yon oynasiga parda taqish masalasiga maxsus ishchi guruh nuqta qo`yadi'ning rasmi

Yo`l harakati xavfsizligi inspektorlari va haydovchilar o`rtasida tortishuvlarga sababbo`layotgan avtomobillarning orqa yon oynasiga parda taqishmasalasini Oliy sudda tashkil etilgan ishchi guruh o`rganib chiqadi. Bu haqda 31 oktyabr, payshanba kuni IIV Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari, polkovnik Erali Bozorov jurnalistlar bilan bo`lib o`tgan ochiq muloqotda ta`kidlab o`tdi.

Erali Bozorov, IIV YHXBB boshlig`i o`rinbosari, polkovnik:

— Bu masala bo`yicha uch-to`rt oydan buyon shug`ullunib kelyapmiz. Kuni kecha Oliy Sudda IIV, Bosh prokuratura, «O`zstandart» va Moliya vazirligi mutaxassislari ishtirokida avtomobillarning orqa yon oynasiga parda taqish masalasi muhokama qilindi va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ishchi guruh tuzishga qaror qilindi.

Ishchi guruhga ushbu muammoli vaziyatni o`rganib chiqish va ishni oxiriga etkazish topshirig`i berildi. Yakuniy xulosa bo`yicha yana qo`shimcha axborot beramiz.

 

    Boshqa yangiliklar