AsosiyJamiyat

O`qituvchilar uchun ko`krak nishonlari joriy etiladi

'O`qituvchilar uchun ko`krak nishonlari joriy etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Xalq ta`limi vazirligi pedagoglar maqomini yanada ko`tarish, ularni jamiyatda eng hurmatli kasb egasi darajasida e`zozlash maqsadida o`qituvchi ramzini ifodalovchi nishonlarni joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda vazirlikning Telegram kanalida xabar berildi.

Hozirda mazkur ko`krak nishonlarining 8 xil ko`rinishi ishlab chiqildi. Soha vakillari o`qituvchi ramzini ifodalovchi nishonlardan birini tanlashda ishtirok etishi mumkin.

Xalq ta`limi vazirligi o`qituvchi obro`sini oshirish uchun joriy etilishi rejalashtirilayotgan ko`krak nishonlarini ovozga qo`ydi. Ovoz berish vazirlikning Telegram’dagi kanalida o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar